To'rt oyda 100 mingdan ortiq avtomobil sotildi
12.05.2025 / 08:15Khorezm Auto - 28 789 dona mashina ishlab chiqarib, ikkinchi o'ringa o'tdi.

O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati 2025-yilning yanvar-aprel oylarida sezilarli faollik bilan davom etdi. Davr mobaynida mamlakatda jami — 106 841 dona avtomobil sotilgan, bu esa tarmoqdagi jadal o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Sotuvlar bo‘yicha yetakchilikni har doimgidek UzAuto Motors saqlab qolgan — bu kompaniya hisobidan 59 427 dona avtomobil sotilgan. Ikkinchi o‘rinda esa — Khorezm Auto bo‘lib, u 28 789 dona mashina bilan yetakchilarga yaqinlashmoqda.
Quyidagi kompaniyalar esa shunday natijalarga erishdi:
- ADM Jizzakh — 12 120 dona;
- BYD Uzbekistan Factory — 5 953 dona;
- Asaka Motors — 397 dona;
- SamAuto — 124 dona;
- Jizzakh Auto — 31 dona.
Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha raqobat kuchayib borayotganini va yangi o‘yinchilarning bozorda o‘z o‘rnini topayotganini ko‘rsatmoqda.